QIMMATLI QOG`OZLAR BIRJA SAVDOLARINING QOIDALARIGA O`ZGARTIRISHLAR KUCHGA KIRDI

2015 yilning 1 iyulidan “Toshkent” Respublika fond birjasi boshqaruvining 25.06.2015 yildagi 38-sonli qarori bilan Qimmatli qog`ozlarning birja savodalari qoidalariga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.

O`zgartirish va qo`shimchalar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2015 yildagi PF-4720-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar dasturining 32 va 33 — bandlariga, shuningdek O`zbekiston Respublikasining “Qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risida”gi yangi tahrirdagi (03.06.2015 yildagi O`RQ-387-sonli) Qonuniga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.RSE

Hususan, Qoidalarning 8-bandiga kiritilgan o`zgartirishga muvofiq investitsiya fondi nomidan, hisobidan va manfaatidan kelib chiqib birja bitimlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega investitsion fondning ishonchli boshqaruvchisi birja a’zolari  tarkibiga kirish uchun a’riza berishga haqli.

Qoidalarning yangi tahrirdagi 34-bandiga ko’ra, Birja a’zolari broker sifatida mijozning ko`rsatmasi bilan birja bitimlarini brokerlik va depozitariy hizmatlarini uzaytirish imkoniyati ko’zda tutilgan bir yillik shartnoma  asosida amalga oshirishi belgilandi (topshiriq va komissiya shartnomalari o`rniga).

“Qimmatli qog`ozlar bozori to`g`risida” yangi tahiridagi Qonunga muvofiq Qimmatli qog’ozlar markaziy depozitariysida hisobga olingan va saqlanayotgan qimmatli qog’ozlar bilan birja bitimlari topshiriq shartnomasi yoki komissiya shartnomasi asosida  amalga oshiriladi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo’lsa.

Qoidalar quyidagi mazmunda 198-1 va 198-2 chi bandlar bandlar bilan to`ldirildi:

«Uzluksiz ikki tomonlama auksion» texnologiyasi bo’yicha ishlaydigan sektsiyalarida («blok treyding» va «repo» sektsiyalari bundan mustasno) Birja a’zolari treyderlari tomonidan qimmatli qog’ozlarni oldi-sotdisi bo’yicha buyurtma berish faqat standart lotlarda amalga oshiriladi. Buning uchun Birja a’zosi treyderi savdo tizimi menyusining «Buyurtma» qismida «normal» turdagi buyurtmani tanlaydi (standart lot ko’rinishidagi buyirtmada bitta lotda qimmatli qog’ozlar soni 1 (bir) donani tashkil qiladi). Sotuvchi chiqarilgan qimmatli qog’ozlar miqdorining (buyurtma berilgan sanadagi qimmatli qog’ozlar chiqariluvi hajmi) kami 1%ni tashkil qiluvchi qimmatli qog’ozlar paketini bir nostandart lot bilan sotuvga qo’ymoqchi bo’lsa, ushbu qimmatli qog’ozlar «blok treyding» sektsiyasida sotuvga qo’yiladi.

Qoidalarning yangi tahrirdagi 48-bobidagi («Listing kompaniyalari aksiyalari muamalasi sektsiyasida savdolarni tashkillashtirish») 496-bandi  va 49-bobidagi («Korporativ va infratuzilma obligatsiyalari joylashtiriluvi va muamalasi sektsiyasida savdolarni tashkillashtirish») 554-bandidan kelib chiqib, Birja a’zosi treyderi buyurtma berayotganda unda standart lot bilan rasmiylashtirilgan qimmatli qozolar sonini ko’rsatishi mumkin (ishchi terminali menyusida talabnoma turi «normal»).

Shuningdek, Qoidalarning 1021-bandidagi qo’shimchaga asosan alohida hisob kitob shartlari mavjud korporativ qimmatli qog’ozlar realizatsiyasi bo’yicha sektsiyada birja bitimlari yuzasidan to’liq to’lov quyidagicha amalga oshiriladi:

a)   Korporativ qimmatli qog’ozlarni chet el valyutasida realizatsiya qilish bo’yicha savdo maydonchasida — bitim tuzilgan kuni (hisob kitob kodi T+0)

b)   korporativ qimmatli qog’ozlarni realizatsiya qilish bo’yicha jismoniy shaxslar uchun savdo maydonchasi — besh bank kuni (hisob kitob kodi T+5).

Bundan tashqari, Qoidlarning 1087-bandiga kiritilgan o`zgartirishlarga asosan endilikda birja bitimlarini tuzishda insayder ma’lumotidan foydalanish taqiqlanadi.

«Toshkent» Respublika fond birjasi Qoidalariga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalarning to’liq matni bilan birjaning veb-saytidatanishishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasi «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi Qonuning 21- moddasiga ko’ra qimmatli qog’ozlar savdosining tashkilotchilari rioya etilishi majburiy bo’lgan qimmatli qog’ozlar savdosini tashkil qilish qoidalarini tasdiqlaydilar.